IMOM BUXORIY HADISSHUNOSLIK TIZIMINING ISLOM OLAMIGA TA’SIRI
Keywords:
Hadis, ma’naviy meros, islom, din, muhaddis, Qur’oni Karim, Sahih al - Buxoriy, odob-axloq, mehr, adolat.Abstract
Maqolada, O‘zbekiston zaminidan tug‘ilgan, dunyo hadis ilmi ustozi sanalgan Imom Buxoriyning hayoti va ma’naviy merosi, u meros qoldirgan shoh asarlari davrlar osha axloqiy va huquqiy hikmatlari ilmiy asosda har tomonlama chuqur o‘rganilayotganligiga; Islom dinining tom ma’noda komillikka chorlaydigan, insoniy fazilatlarga targ‘ib qiladigan, botil mafkuralardan saqlaydigan din ekanligi to‘g‘risida, uning asl mazmun – mohiyatini teran anglashda, ijtimoiy axloqiy masalalarga targ‘ib etishda, yoshlar tarbiyasini milliy va diniy qadriyatlar asosida shakllantirishda Imom Buxoriy merosining o‘rni va ahamiyati muhimligiga e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, Qur’oni Karim Islom dasturi, Islom shariati, hukmlari va odoblarining birinchi manbai ekanligi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari esa Islom shariatining Qur’ondan keyingi ikkinchi asl manbai hisoblanishi; Hadis tushunchasi, mazmun mohiyati, Imom al-Buxoriy to‘plamlariga kiritilgan hadislar faqat islom ta’limotiga oid umumiy qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasligi, balki xadislarining jahonshumul ahamiyati insoniylik, insonparvarlik Vatanga muhabbat haqida tarbiya berishi bilan yosh avlodda ezgulik va go‘zallik tuyg‘ularini mujassamlashtirishi, yosh avlodni insoniylik fazilatlari ruxida tarbiyalash to‘g‘risida fikrlar bildirilgan. Imom Buxoriy merosini o‘rganish va tadqiq qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot bilan bog‘liq adabiyotlar tahlil qilingan va ayni paytda Imom Buxoriy ma’naviy merosini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlar tahliliga ham e’tibor qaratilgan.





