KENGAYTIRILGAN VEMIKULETNING TO‘LIQ TAVSIFI, SHUNINGDEK UNI QO‘LLASHNING ULKAN IMKONIYATI
Keywords:
Kengaytirilgan vermikulit,issiq- sovuq, tashqi tasirdan izolyatsion, suv va ovoz yutuvchanlik, yong‘inga chidamlilik, vermikulet beton, plomba modda, murakkab dekorativ xususiyat.Abstract
Iqtisodiyot, sanoat va ishlab chiqarishning asosiy qismini muvaqqiyatli va samarali qondirish mumkin bo‘lgan materialni tasavvur qilish qiyin. Vermikulet 80 yildan ortiq vaqt davomida deyarli barcha sohalarda qo‘llanilgan mineral bo‘lib uning xususiyatlari alohida, hatto juda qimmatli qiymatga ega. Vermikulet qizdirilganda kuyib ko‘pchiydi, hajmi 10-25 marta oshib chuvalchang shaklini oladi. Monoklin singoniyali, yupqa tangachasimon, varaqsimon kristall yoki plastinkasimon ko‘rinishda. Rangi qo‘ng‘ir-sariq, qo‘ng‘ir, to‘q yashil va oltin ranglarda. Yaltiroqligi shishasimon va sadafsimon bo‘lib, zarralari nur qaytarish xususiyatiga ega. Vermikulit o‘simliklarda tuproqni namini yetarlicha saqlab turishda, temir- beton plitalar, qurilish eritmalarida, yog‘och, g‘isht, beton, plastmassa konstruksiyalarda qo‘llash mumkin.





