BYUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LAR ICHKI AUDIT TIZIMINI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
buxgalteriya hisobi, byudjet tashkiloti, ichki audit, moliyaviy nazorat, moliyaviy hisobot, moliya - xo‘jalik faoliyati byudjetdan tashqari mablag‘lar, davlat moliyaviy nazorati, byudjet nazorati, ichki nazorat xizmati, smetalar, daromad, xarajatlar.Abstract
Mazkur maqolada byudjet tashkilotlaridan oliy ta’lim muassasalarida davlat moliyaviy nazorat usullaridan biri ichki audit xizmatini rejalashtirish va takomillashtirishning dolzarb masalalari, asosiy tamoyillari, usullari va xususiyatlari haqida yozilgan. Bunda davlat, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining mulkchilik shakliga ko‘ra tarkibi, ularning o‘ziga xos bo‘lgan farqli jihatlari, ta’lim muassasalaridagi byudjetdan tashqari mablag‘larining tarkibiy tuzilishi va buxgalteriya hisobining ob’ektlari tadqiq qilingan. Shu bilan birgalikda maqolada byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi va nazoratini takomillashtirish bilan bog‘liq hozirgi kundagi muammolar va ularni bartaraf etishning nazariy hamda amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.





