Chet tillarni o’qitishda flipped classroom metodidan foydalanish va uning implementatsion texnologiyasi

Authors

  • Amanbayeva Oydin O’razali qizi,Istamova Dilnoza Sadulloyevna Navoiy davlat pedagogika instituti

Keywords:

flipped classroom, o’z tezligida o’rganish, content tahlili, teskari sinf, LMS, Web2.0 vositalari.

Abstract

maqola ta’lim texnologiyalarida nisbatan yangi hisoblangan  Flipped classroom metodi, uning afzalliklari hamda uni amaliyotda qo’llash masalalarini muhokama qiladi. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida chet tillarni Flipped classroom metodidan foydalanib o’qitilishi yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlarini namayon qiladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizmidagi xorijiy til ta’lim yo’nalishida o’qiyotgan talabalarga Flipped classroom metodi haqida tushunchalar berish  va  ingliz tili sinfiga aylantirilgan sinfni joriy etishdan iborat. Tadqiqotda jami 30 nafar bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tadqiqotda sonlarga emas balki sifatga etibor qaratilgan va ochiq savollar berish orqali ma’lumotlar to’plangan.  Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, talabalarning asosiy qismi ananaviy darslardan ajralmagan holda teskari sinflarni tashkil qilish usuliga ijobiy munosabat bildirishgan.  Shuningdek, ushbu maqola  boshqa ingliz tilini o'qitish bo'limlaridagi kurslarga teskari sinf metodini integratsiya qilish va til o'qitishda teskari sinflarni joriy qilish bo'yicha tavsiyalar beradi.

Published

2023-11-27