MEVALI DARAXTLAR RIVOJLANISHIDA GLOBAL IQLIM SHAROITI OʻZGARISHIDA KELIB CHIQAYOTGAN MUAMMOLAR

Authors

  • Boqijonova Sabinabonu Maratjon qizi , Burxonov Samandar Abdulaziz o’g’li, Kabilov Sohibjon Sherovich Farg‘ona davlat universiteti

Keywords:

Global iqlim o‘zgarishi, mevali daraxtlar, fenologiya, hosildorlik, qurg‘oqchilik, issiq stressi, sovuq stressi, agroiqlim, moslashuv strategiyasi

Abstract

Global iqlim o‘zgarishi mevali daraxtlarning fenologik rivojlanishi, gullash va meva tugish davrlari, hosildorlik hamda mahsulot sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Havo haroratining ko‘tarilishi, qishki sovuq davrning qisqarishi, yog‘inlarning notekis taqsimlanishi, qurg‘oqchilik va ekstremal ob-havo hodisalari mevali daraxtlarning fiziologik jarayonlarini izdan chiqarmoqda. Mazkur maqolada olma, o‘rik, shaftoli, nok, gilos va sitrus kabi mevali daraxtlarga global iqlim o‘zgarishining asosiy ta’sirlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Iqlim o‘zgarishining gullash muddatining siljishi, changlanishning pasayishi, sovuq urish xavfi, hosil sifati va agrotexnik boshqaruvga ta’siri yoritildi.

References

IPCC. Climate Change and Land. 2019. 5-bob, 12–18-betlar.

Chmielewski F.M., et al. Climate changes and trends in phenology of fruit trees. 2004. 145–152-betlar.

Osorio-Marín J., et al. Climate change impacts on temperate fruit and nut crops. 2024. 4–12-betlar.

Cosmulescu S. Climate Change and Abiotic Stress in Fruit Trees. 2026. 3–15-betlar.

Sugiura T. Meteorological Responses of Fruit Trees. 2025. 1–11-betlar.

FAO. Climate-Smart Agriculture Sourcebook. 2013. 290–306-betlar.

IPCC AR6 WGII. Food and Ecosystem Products. 2022. 5–20-betlar.

Roussos P.A., et al. Climate Change Challenges in Temperate and Subtropical Fruit Trees. 2024. 6–19-betlar.

Rasera J.B., et al. Climate Change and Citriculture. 2023. 8–17-betlar.

Gunathilaka R.P.D., et al. Adaptation to climate change in perennial cropping systems. 2018. 21–34-betlar.

FAO. Pollination and Climate Change. 2011. 17–25-betlar.

Ranjit K., et al. Impact of Climate Change on Fruit Crops: A Review. 2022. 75–89-betlar.

Downloads

Published

2026-04-14