O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINING TARKIBIY TAHLILI VA ULARNING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI
Keywords:
Davlat budjetAbstract
Mazkur ilmiy tadqiqot ishida O‘zbekiston Respublikasida davlat budjeti daromadlarining shakllanish mexanizmlari, ularning tarkibiy tuzilishi hamda iqtisodiy o‘sish bilan o‘zaro bog‘liqligini tizimli va kompleks yondashuv asosida chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida davlat budjeti daromadlarining asosiy manbalari — to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlar, bilvosita soliqlar, resurs va mulk soliqlari hamda boshqa daromad tushumlari o‘zaro nisbatda o‘rganilib, ularning fiskal barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Ish davomida 2020–2025 yillar kesimidagi statistik ma’lumotlar asosida davlat budjeti daromadlarining dinamikasi, tarkibiy o‘zgarishlari hamda ularning iqtisodiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilindi. Xususan, 2024-yilga kelib davlat budjeti daromadlari sezilarli darajada oshib, 274,423 trillion so‘mni tashkil etgani aniqlanib, bu holat mamlakatda iqtisodiy faollikning ortib borayotgani, soliq ma’murchiligi samaradorligining oshgani hamda iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijalari bilan izohlandi. 2025-yilga hali yillik ma’lumot mavjud emas, ammo 2025-yilning 1-chorak ijrosi bo’yicha malumot bor va u 63936,8 trillion summani tashkil qiladi. 2024-yil bilan solishtirganda esa, 2024-yil 1-chorak ijroda 50537,7 trillion summani tashkil qilgan va bu aniqki 2025-yilda 1-choragida tushum ko’proq. Tadqiqot natijalari davlat budjeti daromadlari va yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlari o‘rtasida bevosita ijobiy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi, ya’ni iqtisodiy o‘sish daromadlarni oshirsa, o‘z navbatida oshgan daromadlar davlat xarajatlari orqali iqtisodiy rivojlanishni yanada rag‘batlantiradi. Shuningdek, tadqiqot doirasida davlat budjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi chuqur o‘rganilib, unda soliq tushumlarining ustunligi, xususan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita soliqlarning asosiy ulushni egallashi aniqlangan. Shu bilan birga, resurs va mulk soliqlari hamda boshqa daromad manbalarining nisbatan past ulushi mavjudligi daromadlar diversifikatsiyasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatadi. Mazkur holat fiskal tizimning barqarorligini oshirish uchun daromad manbalarini kengaytirish zarurligini asoslaydi. Tadqiqotda xorijiy davlatlar tajribasi ham keng ko‘rib chiqilib, Germaniya, AQSh va Turkiya kabi mamlakatlarda davlat budjeti daromadlarining shakllanish modeli tahlil qilindi. Ushbu mamlakatlar tajribasi daromadlarni diversifikatsiya qilish, fiskal markazlashuv va decentralizatsiya o‘rtasida muvozanatni ta’minlash hamda soliq siyosatini iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi vosita sifatida qo‘llash muhim ekanligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar asosida O‘zbekiston sharoitida davlat budjeti daromadlarini oshirish va ularning barqarorligini ta’minlash uchun bir qator ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi. Xususan, soliq bazasini kengaytirish, iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali soliq ma’murchiligini takomillashtirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda nosoliq daromad manbalarini rivojlantirish zarurligi asoslab berildi. Umuman olganda, mazkur ilmiy tadqiqot davlat budjeti daromadlarining shakllanish jarayonini chuqur tahlil qilish orqali mamlakat fiskal siyosatini takomillashtirish, iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim ilmiy-amaliy xulosalarni o‘z ichiga oladi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2021.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. – Toshkent: Norma, 2020.
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni. – 1993-yil 2-sentyabr.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy veb-sayti va yillik budjet hisobotlari (2020–2025). – https://www.mf.uz
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy ma’lumotlari (2020–2025). – https://www.stat.uz
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlar (2020–2025). – https://www.lex.uz
International Monetary Fund (IMF). Fiscal Monitor Reports (2023–2025). – https://www.imf.org
World Bank. Uzbekistan Economic Update Reports (2023–2025). – https://www.worldbank.org
Musgrave R. A. “The Theory of Public Finance”. – McGraw-Hill, 1959.
Oates W. E. “Fiscal Federalism”. – Harcourt Brace Jovanovich, 1972.
Karimov A.M. “Davlat moliyasi”. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2022.
To‘xtayev M.X., Rahimov M.M. “Budjet tizimi va budjet siyosati”. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2021.
Murodov A. “Hududiy rivojlanishda budjet siyosatining o‘rni”. // Iqtisodiyot va moliya jurnali, 2023.
OECD. Revenue Statistics Report (2024). – https://www.oecd.org





