YOSHLAR ORASIDA YURAK XURUJI (INFARKT): SABABLAR VA OLDINI OLISH

Authors

  • Dildora Baxshullayeva, Zikrillayev Farrux Osiyo Xalqaro Universiteti

Abstract

Miokard infarkti – yurak mushagining ma'lum bir qismiga qon yetib bormasligi natijasida to'qimaning nobud bo'lishi hisoblanadi. Bu holat tibbiyotda o'tkir koronar sindrom deb ataladi va zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatishni talab qiladi. So'nggi yillarda bu kasallik an'anaviy ravishda keksalarga xos deb hisoblangan bo'lsa-da, hozirda 30-50 yoshli yoshlar orasida keskin ko'payib bormoqda. Amerikalik shifokorlarning ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi 20 yil ichida 35-54 yoshli ayollar orasida infarkt holatlari 21% dan 31% gacha oshgan.O'zbekistonda yurak-qon tomir kasalliklari o'lim sabablari orasida birinchi o'rinda turibdi. Har 10 daqiqada mamlakatda 1 kishi insultga uchraydi, infarkt holatlari ham shu sur'atda o'sib bormoqda.Ushbu maqolada yoshlar orasida yurak xurujining asosiy sabablari, xavf omillari, klinik belgilari, zamonaviy diagnostika usullari va eng muhimi – profilaktika choralari batafsil yoritiladi.

Downloads

Published

2026-04-30