O'ZBEKISTON XOREOGRAFIYA AKADEMIYASI TA'LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

Authors

  • Mahmudova Malohat O'zbekiston Respublikasida Xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, O'zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya” kafedrasi Dotsenti

Keywords:

raqamli texnologiyalar, xoreografik ta’lim, o‘zbek raqsi, virtual reallik, videoarxiv, masofaviy ta’lim, dasturiy ta’minot, raqs harakatlarini tahlil qilish, madaniy meros, onlayn platforma, innovatsiya, xoreografiya.

Abstract

Maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarning o‘rni ko‘rib chiqilib, ularning professional xoreograflarni tayyorlashdagi qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, o‘zbek sahna raqsining noyob merosini saqlash va avlodlarga yetkazish masalalariga urg‘u beriladi. Videoarxivlar, virtual reallik, onlayn platformalar hamda raqs harakatlarini tahlil qilish dasturlari kabi raqamli vositalarni joriy etish talabalar texnik mahoratini oshirishga, ularning ta’lim resurslariga kengroq kirish imkoniyatini ta’minlashga hamda milliy san’atni jahon madaniy kontekstiga integratsiya qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Xoreografiya Akademiyasida raqamlashtirish jarayoni nafaqat ta’lim jarayonini yengillashtirishi, balki o‘zbek raqs san’atini xalqaro maydonda ommalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi ta’kidlanadi. Shuningdek, texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan potensial muammolar, jumladan, an’anaviy o‘qitish usullarini moslashtirish va pedagoglarni tayyorlash zarurati ham yoritiladi. Xulosa qilib aytadiganda, an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi Akademiyaga milliy madaniy merosni saqlash va rivojlantirishga qodir bo‘lgan yangi avlod xoreograflarini yetishtirish imkonini beradi.

References

O'ZBEKISTON OTM LARIDA ONLAYN TA'LIM VA RAQAMLI O'QITISH VOSITALARI — "Ta'lim fanlari" yo'nalishidagi ilmiy maqola matni – Maxmutxodjaeva L.S

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA TA'LIM — Toshkent davlat texnika universiteti, O'zbekiston – Mardonov Arslan Pardayevich

MADANIY MEROSNI SAQLASHNING INNOVATSION USULLARI: TAMARA XONUM MUZEYI MISOLIDA — "San'atshunoslik" yo'nalishidagi ilmiy maqola matni – Inessa Finkelshteyn

Downloads

Published

2026-06-11