FRANSUZ TILIDAGI EKO-TERMINLARINING TIZIMLI TUZILISHI VA TARJIMA MUAMMOLARI

Authors

  • Uralbayeva F. OʻzDJTU, Tarjimonlik fakulteti talabasi
  • Yunusova S.A. Ilmiy rahbar. OʻzDJTU, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi dotsenti, PhD.

Keywords:

eko-atamalar, tizimli tuzilish, tarjimashunoslik, neologizm, konseptual nomutanosiblik, ekologiya, fransuz tili terminologiyasi.

Abstract

 Ushbu maqola fransuz tilidagi ekologik terminologiyaning (eko-atamalarning) tizimli tuzilishini tadqiq etish va ularni tarjima qilishda yuzaga keladigan asosiy muammolarni tahlil qilishga bagʻishlangan. Global iqlim inqirozi davrida ekologiya tabiiy fanlar doirasidan chiqib, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy nutqning ajralmas qismiga aylandi. Bu kabi tezkor rivojlanish semantik beqarorlikka va doimiy neologizmlarning paydo boʻlishiga olib kelmoqda. Maqolada morfo-semantik tahlil orqali ushbu atamalarning yasalish mexanizmlari (prefiksatsiya, kompozitsiya) hamda tarjimadagi konseptual nomutanosiblik, "tarjimonning yolgʻon doʻstlari" va "yashil niqob" kabi asosiy toʻsiqlar koʻrib chiqiladi.

References

Dumas, F. (2018). La terminologie environnementale : entre science, politique et marketing. Paris : Presses Universitaires.

Guilbert, L. (1975). La créativité lexicale . Paris : Larousse.

Office québécois de la langue française (OQLF). Le Grand Dictionnaire Terminologique (GDT) – Vocabulaire du développement durable.

Inter-Active Terminology for Europe (IATE). Base de données terminologique multilingue de l'Union européenne (Section Environnement).

Downloads

Published

2026-06-09