O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VOYAGA YETMAGANLARGA VASIYLIK VA HOMIYLIK BELGILASHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI
Keywords:
vasiylik va homiylik, “Inson” markazlari, institutsional islohot, muqobil joylashtirish, nomzodlarni tanlash, taqiqlar tizimi, dastlabki vasiylik.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik tizimini institutsional transformatsiya qilish, xususan, vakolatlarning tuman (shahar) hokimliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga o‘tkazilishi jarayonlari huquqiy tahlil qilingan. Maqolada vasiylik va homiylikni belgilashning huquqiy asoslari, nomzodlarga qo‘yiladigan ijobiy va salbiy mezonlar, shuningdek, protsessual bosqichlar o‘rganilgan. Tadqiqot yakunida bolani muqobil joylashtirish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan xulosalar ilgari surilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. – Toshkent, 1998-y. (Amaldagi tahriri).
O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni, 2014-yil 2-yanvar, O‘RQ-364-son // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish hamda ijro etilishining samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, 2023-yil 1-iyun, PF-82-son // Lex.uz qonunchilik bazasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi Qarori, 22.09.2014-yildagi 269-son // O‘zbekiston Respublikasi QT.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo‘yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 2024-yil 27-dekabr, 893-son (1-ilova: O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi to‘g‘risidagi nizom) // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.





