إِنَّ VA UNING O‘XSHASHLARI (HARFLAR NASIXA): ARAB TILI NAHVIDA TA’KID VA TASHBIH ADATLARINING GRAMMATIK TAHLILI

Authors

  • Orifxonova Soliha Davronjon qizi Alfraganus universiteti talabasi
  • Raximjanov Masrur Nugmanovich Ilmiy rahbar: v.b.dot.PhD

Keywords:

harflar nasixa, إِنَّ وأخواتها, ismi inna, xabari inna, ta’kid, tashbih, istidrak, tamanniy, tarajji, kaffa, arab tili nahvi

Abstract

Mazkur maqola arab tili grammatikasidagi "harflar nasixa" (الحروف الناسخة) — jumla ismiyaning i’rob tuzilishini o‘zgartiruvchi maxsus harflar guruhini, xususan إِنَّ va uning o‘xshashlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada ushbu harflarning nahviy tabiati, ismga nasb va xabarga raf’ berish xususiyati, har bir harfning o‘ziga xos semantik ma’nosi (ta’kid, tashbih, istidrak, tamanniy, tarajji) hamda ularning amal qilish shart-qoidalari izchil yoritilgan. Shuningdek, إِنَّمَا kabi "kaffa" bilan birikkan shakllarning nasx xususiyatini yo‘qotishi masalasi ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda tavsifiy va komponent tahlil metodlaridan foydalanilgan.

References

Sībawayh, ‘Amr ibn ‘Uthmān. Al-Kitāb. — Al-Qāhira: Al-Khānjī, jild I-V.

Ibn ‘Aqīl, Bahā’ ad-Dīn. Sharh Ibn ‘Aqīl ‘alā Alfiyyat Ibn Mālik. — Bayrūt: Dār at-Turāth, jild I.

Ibn Hishām al-Anṣārī. Mughnī al-Labīb ‘an Kutub al-A‘ārīb. — Dimashq: Dār al-Fikr.

Al-Ghalāyīnī, Muṣṭafā. Jāmi‘ ad-Durūs al-‘Arabiyya. — Bayrūt: Al-Maktaba al-‘Aṣriyya, jild I.

Ḥasan, ‘Abbās. An-Naḥw al-Wāfī. — Al-Qāhira: Dār al-Ma‘ārif, jild I.

Grande B.M. Kurs arabskoy grammatiki v sravnitelno-istoricheskom osveshchenii. — Moskva: Vostochnaya literatura, 2001.

Yushmanov N.V. Grammatika literaturnogo arabskogo yazyka. — Moskva: Nauka, 1985.

Xayrullayev M. Arab tili grammatikasi (morfologiya va sintaksis). — Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2010.

Downloads

Published

2026-07-13