ABDULLA AVLONIYNING TARIXIY MEROSI VA TEATR TARAQQIYOTIGA QO‘SHGAN HISSASI
Keywords:
Abdulla Avloniy, jadidchilik, teatr, dramaturgiya, milliy teatr, ma’rifatparvarlik, o‘zbek madaniyati, pedagogika, milliy o‘zlik, tarixiy meros, ma’naviyat, sahna san’ati.Abstract
Mazkur maqolada XX asr boshlaridagi o‘zbek milliy madaniyati va ma’rifatparvarlik harakatining yirik namoyandasi Abdulla Avloniyning tarixiy-madaniy merosi hamda o‘zbek teatr san’ati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Avloniyning pedagogik, adabiy, publitsistik va teatr faoliyati o‘zaro uzviy bog‘liq holda tadqiq etilib, uning milliy teatrning shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada Avloniyning teatrni xalqni ma’rifatli qilish, ijtimoiy muammolarni yoritish, axloqiy qadriyatlarni shakllantirish va milliy o‘zlikni anglash jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim madaniy institut sifatida baholagani tahlil qilinadi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-son “O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-maydagi 329-son “Iqtidorli yoshlarni madaniyat va san’at sohasida qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoni. “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
Fitrat, A. Tanlangan asarlar. 1-jild. — Toshkent: Ma’naviyat, 2000. — 256 b.
Qosimov, B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. — Toshkent: Ma’naviyat, 2002. — 400 b.
Boltaboyev, H. Fitrat va jadidchilik. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. — 336 b. TTarix.Uz
Yo‘ldoshev, J.G‘., Usmonov, S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2008. — 130 b.





