ANEMIYA VA GEMATOLOGIK BUZILISHLARNING NEVROLOGIK ASORATLARINI ANIQLASHDA LABORATOR, NEVROLOGIK VA NEYROIMAGING KO'RSATKICHLARINI INTEGRATSIYALASHGAN BAHOLASH
Keywords:
Anemiya; B12 vitamini tanqisligi; funikulyar myeloz; ishemik insult; neyroimaging; MRT; laborator diagnostika; gomotsistein; periferik neyropatiya; integratsiyalashgan diagnostika.Abstract
Anemiya va boshqa gematologik buzilishlar nafaqat yurak-qon tomir va to'qima gipoksiyasiga, balki markaziy va periferik nerv tizimida jiddiy strukturaviy hamda funksional o'zgarishlarga olib keladi. Ayniqsa, B12 vitamini tanqisligi anemiyasi, o'roqsimon hujayrali anemiya, temir tanqisligi anemiyasi hamda giperkoagulyatsion holatlar nevrologik simptomatikaning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Bemorlarni o'z vaqtida va aniq diagnostika qilish faqatgina alohida laborator yoki klinik tekshiruvlar bilan cheklanib qolmasdan, laborator ko'rsatkichlar (gemoglobin, B12 vitamini, gomotsistein, metilmalon kislotasi), nevrologik simptomlar hamda zamonaviy neyroimaging (MSKT, MRT, MR-angiografiya) ma'lumotlarini integratsiyalashgan (kompleks) holda baholashni talab etadi.
Mazkur maqolada turli guruh anemiyalari va gematologik kasalliklarda kuzatiladigan nevrologik asoratlar — funikulyar myeloz, insultlar, kognitiv va periferik neyropatiyalarning patogenetik mexanizmlari hamda diagnostika usullari yoritilgan. Laborator va neyroimaging ko'rsatkichlarini integratsiyalash neyrodegenerativ va ishemik o'zgarishlarni erta bosqichda aniqlash hamda maqsadli davolash taktikasini belgilash imkonini beradi.
Xulosa sifatida, gematologik kasalliklarda nevrologik asoratlarni kompleks diagnostika qilish bemorlarning noxush oqibatlarini kamaytiradi va hayot sifatini sezilarli darajada oshiradi.
References
Socha DS, DeSa PB, Doria AS, et al. Neurological manifestations of vitamin B12 deficiency: a narrative review. CNS Neurosci Ther. 2020;26(7):643–653.
Green R, Allen LH, Bjørke-Monsen AL, et al. Vitamin B12 deficiency. Nat Rev Dis Primers. 2017;3:17040.
Devalia V, Hamilton MS, Molloy AM. Guidelines for the diagnosis and treatment of cobalamin and folate disorders. Br J Haematol. 2014;166(4):496–513.
Adams RJ, McKie VC, Hsu L, et al. Prevention of a first stroke by transfusions in children with sickle cell anemia and abnormal transcranial Doppler ultrasonography results. N Engl J Med. 1998;339(1):5–11.
Saposnik G, Barinagarrementeria F, Brown RD Jr, et al. Diagnosis and management of cerebral venous thrombosis: a statement for healthcare professionals from the American Heart Association/American Stroke Association. Stroke. 2011;42(4):1158–1192.
Allen LH. How common is vitamin B-12 deficiency? Am J Clin Nutr. 2009;89(2):693S–696S.
Stabler SP. Clinical practice. Vitamin B12 deficiency. N Engl J Med. 2013;368(2):149–160.
Ferro JM, Canhão P, Stam J, et al. Prognosis of cerebral vein and dural sinus thrombosis: results of the International Study on Cerebral Vein and Dural Sinus Thrombosis (ISCVT). Stroke. 2004;35(3):664–670.
O'Brien SH. Iron deficiency anemia and restless legs syndrome in children and adolescents. Hematology Am Soc Hematol Educ Program. 2020;2020(1):391–396.
Hankey GJ. Vitamin B12 deficiency and stroke: a causal or casual association? Stroke. 2018;49(8):1792–1798.





