YASHIL IQTISODIYOT TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA BARQAROR IQTISODIY O‘SISH SIFATINI BAHOLASHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Erxonova Karima Sharifjon qizi Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi, Assistant

Keywords:

yashil iqtisodiyot, yashil transformatsiya, barqaror iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy o‘sish sifati, ekologik barqarorlik, resurs samaradorligi, energiya samaradorligi, uglerod sig‘imi, qayta tiklanuvchi energiya, ekologik investitsiyalar, integral baholash, barqaror rivojlanish.

Abstract

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot transformatsiyasi sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sish sifatini baholashning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi iqtisodiy o‘sishning miqdoriy ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda uning ekologik barqarorligi, resurs va energiya samaradorligi hamda ijtimoiy natijadorligini kompleks baholashga yo‘naltirilgan metodologik yondashuvni shakllantirishdan iborat. Tadqiqotda tizimli, institutsional va qiyosiy tahlil, statistik guruhlash, indikatorlarni standartlashtirish hamda integral baholash usullaridan foydalanilgan. Natijada iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy indikatorlarni o‘zaro integratsiyalash asosida barqaror iqtisodiy o‘sish sifatini baholashning kompleks yondashuvi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari yashil transformatsiya sharoitida iqtisodiy o‘sishning samaradorligini baholashda resurslardan oqilona foydalanish, uglerod sig‘imini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, ekologik investitsiyalar va aholi farovonligi ko‘rsatkichlarini birgalikda hisobga olish zarurligini asoslaydi. Taklif etilgan metodologik yondashuv yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarining natijadorligini baholash va barqaror rivojlanish siyosatini ilmiy asoslashga xizmat qiladi.

References

United Nations. Transforming our World: The 2030 Agenda for Sustainable Development. New York: United Nations, 2015.

OECD. Green Growth Indicators 2017. Paris: OECD Publishing, 2017.

UNEP. Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradication. Nairobi: United Nations Environment Programme, 2011.

World Bank. Inclusive Green Growth: The Pathway to Sustainable Development. Washington, DC: World Bank, 2012.

IPCC. Climate Change 2023: Synthesis Report. Contribution of Working Groups I, II and III to the Sixth Assessment Report of the Intergovernmental Panel on Climate Change. Geneva: IPCC, 2023.

OECD. Towards Green Growth. Paris: OECD Publishing, 2011.

Downloads

Published

2026-09-26