SURISHTIRUV JURNALISTIKASI UCHUN ARZIMAS AXBOROT HAM ARZIRLI ASOSLARGA EGADIR
Keywords:
Jurnalistika , Uotergeyt , R.Nikson, janr.Abstract
“Oq uyning qulashi” filmini ko‘pchilik tomosha qilgan. Aynan "UOTERGEYT ISHI" bilan bo‘gliq bo‘lgan va 1972-1974-yillarda AQSHda prezident Richard Niksonning iste’foga chiqishi bilan yakunlangan siyosiy janjal tarixiga borib qadaluvchi surishtiruv jurnalistikasi bugungi globallashuv davrida ayni muddao.Voqelikka ko‘ra 1974-yil 17-iyunda demokratlar partiyasining nomzodi Jorj Mak Governning Vashingtondagi “Uotergeyt” mehmonxonasida joylashgan shtab-kvartirasida 5 kishi hibsga olinadi. Ular saylovoldi shtabiga respublikachilar vakillari tomonidan xufiya eshitish moslamalarining o‘rnatilishi va ba’zi ma’lumotlarga qaraganda demokratlar shtabidagi ichki hujjatlarni suratga olishi “Uotergeyt ishi” nomli siyosiy janjalga aylanib, R.Niksonning bu ishga aloqadorlikda ayblanishidan va o‘zini javobgarlikka tortilishidan qo‘rqib muddatidan oldin iste’foga chiqishiga olib keladigan konfliktni amerikalik sotsiologlardan biri “Amerikaning tinchlik davridagi eng jiddiy siyosiy inqiroz” deb ataydi o‘shanda.
Voqealar markazida yigirmanchi asrning eng mashhur siyosiy janjallaridan biri bo'lgan "Uotergeyt" hikoyasi yotadi. Bu haqiqatan ham butun dunyo hamjamiyatini hayajonga solgan va ulkan o'zgarishlarga olib kelgan (birinchi navbatda, Oq uy uchun), natijada Richard Nikson muddatidan oldin iste'foga chiqishga majbur bo'ldi. Biroq, ko'p yillar davomida kim asosiy bo'g'in bo'lganini kam odam bilar edi. Ammo bu uzoqqa cho‘zilmaydi. Va butun dunyo haqiqatni bilib oldi. O‘sha paytda Federal tergov byurosi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan Mark Feltning halolligi, haqiqatparvarligi va adolatsizlikka murosasiz munosabati bugun jurnalistlar uchun mardonavor xolislikka yo‘l boshlovchi, adolatni tiklash mumkinligiga ishontiruvchi jurnalistik uslubning ilk kurtaklari unishiga yo’l ochgani bor gap. Nohalol siyosiy raqobat yuz berishini bilib qolgach Felt na jim turoldi va na chetda tura oldi. Qo‘llaridagi davlat rahbarini ayblaydigan janjalli materiallardan jamoatchilikni ogoh qilish lozimligiga o‘zini vijdonan haqli deb biladi va bu shov-shuvli janjalning deyarli barcha sahna ortidagi tafsilotlarini, vatan manfaati uchun hamma narsani qurbon qilgan shaxsning kimligini bildirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaydi..
References
https://uz.wikipedia.org/wiki/Watergate_ishi
( Уиллмен Дж. Журналистские расследования: современные методы и техника. Пер. с англ. – М.:Виоланта, 1998. – C.12.)
http://www.uzbekembassy.in/jurnalistik-surishtiruvning-meyoriy-chegaralari-qayerda/?lang=uz
Nurova Elmira “Jurnalistik surishtiruv mahorati masalalari” magistrlik dissertatsiyasi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
Jurnalistik surushtiruvlar uchun qo’llanmalar (Mark Li Hunter muallifligida nashr etilgan, IWPR tomonidan 2015 yilda qayta bosilgan)
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Articles published in IQRO — Scientific Methodological Journal are licensed under the Creative Commons Attribution 4.0 International License (CC BY 4.0).
Authors retain copyright and grant the journal the right of first publication.
Users may read, download, copy, distribute, print, search, or link to the full texts of articles, provided that the original authors and the journal are properly cited.
Published materials may be used, distributed, and reproduced in any medium, provided that the original work is properly cited.



Uzbekistan
Türkiye
Kazakhstan
Kyrgyzstan
Turkmenistan
Azerbaijan
India
Republic of Korea
Japan
United States of America
Kosovo