QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARI MONITORINGINI YURITISHDA RAQAMLI KARTALARNING O‘RNI VA ULARNING TUZISH USLUBINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Tursunov Azamat Anvar o‘g‘li,Davlatov Abdullajon “TIQXMMI” MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

Keywords:

Qishloq xo’jaligi,yer monitoringi,yer kadastri,raqamli kartalar,yer fondi.

Abstract

Mamlakatimizda ham yer fondidan foydalanishni tashkil etishda yer tuzish, yer kadastri va yer monitoringi ma’lumotlaridan foydalanish orqali yangi
ilmiy-texnikaviy yechimlarini ishlab chiqishga yo’naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonun hujjatlarida yerlarning holatini yaxshilash va ularni muhofaza qilish davlat yer tuzilmalarining muhim vazifasi etib belgilangan, yerlardan oqilona foydalanishga va tuproq unumdorligini oshirish va tiklashga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 14-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida Yer monitoringi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 496-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining barcha yerlari, ularning huquqiy tartibi, foydalanish maqsadi va holatidan qat’iy nazar monitoring obyekti hisoblanadi.Yer monitoringi yer fondi toifalariga muvofiq yerlardan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda olib boriladi. Qishloq xo‘jaligi yerlarida monitoring olib borish yerning joylashuvi, tuproq sifati va unumdorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy omillar hamda iqlim sharoitlarining qishloq xo‘jaligi yerlari unumdorligiga alohida ta’sir ko‘rsatuvchi jarayonlarni hisobga olish kabi imkoniyatlarni yaratadi. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida qishloq xo‘jalik ekin yerlari butun dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladigan asosiy resurs hisoblanadi. Shu munosabat bilan qishloq xo‘jalik toifasidagi yerlarni monitoring qilish jarayonida yerlardan oqilona va samarali foydalanishni inobatga olgan holda davlatning asosiy iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik munosabatlaridagi normativ-huquqiy holatlar tartibga solinishi kerak.

References

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi - T.: O‘zbekiston, 1998

Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 9 yanvar «Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 14-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi qarori “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-sonli farmoni.

S.Avezbayev,S.N.Volkov Yer tuzishni loyihalash O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashryoti Toshkent-2006.

Mirzaliev T., Safarov E., Egamberdiev А, Qoraboev J. Kartashunoslik.

Choʼlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent, 2012.

Safarov E., Musaev I., Аbdurahmanov X. Geografik axborot tizimlari va

texnologiyalari. –Toshkent, 2008.

Oʼzbekiston Respublikasining yer resurslari holati toʼgʼrisida Milliy hisoboti.,

T., Davlat soliq qoʼmitasi xuzuridagi Kadastr agentligi, 2021y.

Published

2023-12-11

How to Cite

Tursunov Azamat Anvar o‘g‘li,Davlatov Abdullajon. (2023). QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARI MONITORINGINI YURITISHDA RAQAMLI KARTALARNING O‘RNI VA ULARNING TUZISH USLUBINI TAKOMILLASHTIRISH. IQRO , 3(2), 133–135. Retrieved from https://www.wordlyknowledge.uz/index.php/iqro/article/view/3293