“NAHJ UL-FARODIS” NING XIV ASR TURKIY ADABIYOTIDAGI O‘RNI VA ADABIY XUSUSIYATLARI

Authors

  • Abduraxmonov Abdulxodiy Abdulatif o‘g‘li Mir Arab oliy madrasasi o’qituvchisi

Keywords:

“Nahj ul-farodis”, Mahmud Ali Kardariy, XIV asr turkiy adabiyoti, turkiy nasr, adabiy meros, qo‘lyozma manba, Janos Eckmann, Semih Tezcan, Hamza Zülfikar, adabiy-badiiy xususiyatlar, ma’naviy-axloqiy meros, manbashunoslik

Abstract

Mazkur maqolada XIV asr turkiy adabiy merosining muhim namunalaridan biri bo‘lgan Mahmud Ali Kardariyning “Nahj ul-farodis” asari tadqiq etiladi. Asarning yaratilish davri, qo‘lyozma nusxasi, o‘rganilish tarixi hamda uning turkiy adabiyot taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, “Nahj ul-farodis”ning Qur’on oyatlari, hadislar, rivoyat va hikoyatlar asosida shakllangan mazmuniy tuzilishi, ma’naviy-axloqiy va badiiy-ta’limiy xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Asarning “Qissasi Rabg‘uziy” bilan mushtarak jihatlari, XIV asr turkiy nasrining rivojidagi ahamiyati hamda xalq orasida diniy-ma’rifiy bilimlarni tarqatishdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada, shuningdek, asarning Sulaymoniya kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozmasi, uning faksimile va transliteratsiya nashrlari hamda Janos Eckmann, Semih Tezcan va Hamza Zülfikarlarning asarni ilmiy o‘rganishdagi xizmatlari haqida ma’lumot beriladi. “Nahj ul-farodis”ning til, adabiyot, tarix va diniy-ma’rifiy tafakkur tarixini o‘rganishdagi manbashunoslik qiymati asoslab beriladi.

References

Nehcül-Feradıs. Uçmahlarnıng Açık Yolu (Cennetlerün Açık Yolu). I Metin. II.Tıpkıbasım. Tıpkıbasım ve Çevriyazı: Janos Eckmann, Yayımlayanlar: Semih Tezcan, Hamza Zülfikar. Ankara: Atatürk Kültür, Dil ve Tarih Yüksek Kurumu Türk Dil Kurumu Yayınları. 2004.

Eckmann, Jenos. Ön söz. Nehcül-Feradıs. Uçmahlarnıng Açık Yolu (Cennetlerün Açık Yolu). I Metin. II.Tıpkıbasım. Tıpkıbasım ve Çevriyazı: Janos Eckmann, Yayımlayanlar: Semih Tezcan, Hamza Zülfikar. Ankara: Atatürk Kültür, Dil ve Tarih Yüksek Kurumu Türk Dil Kurumu Yayınları. 2004.

Downloads

Published

2026-10-04

How to Cite

Abduraxmonov Abdulxodiy Abdulatif o‘g‘li. (2026). “NAHJ UL-FARODIS” NING XIV ASR TURKIY ADABIYOTIDAGI O‘RNI VA ADABIY XUSUSIYATLARI. IQRO , 24(01), 214–217. Retrieved from https://www.wordlyknowledge.uz/index.php/iqro/article/view/9342