GEOSIYOSIY RAQOBATNING O‘ZBEKISTON IQTISODIY XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
Keywords:
AQSH, Xitoy, Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Markaziy Osiyo, O‘zbekiston, geosiyosiy raqobat, iqtisodiy xavfsizlik, milliy manfaatlar, savdo hamkorligi.Abstract
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida kuchayib borayotgan geosiyosiy raqobatning O‘zbekiston iqtisodiy xavfsizligiga ko‘rsatadigan ta’siri har tomonlama tahlil qilinadi. Dunyoning yetakchi kuch markazlari hisoblangan - AQSH, Xitoy, Rossiya, Yevropa Ittifoqi va boshqa mintaqaviy kuchlarning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyalari O‘zbekistonning milliy manfaatlari nuqtai nazaridan baholanadi. Shuningdek, maqolada O‘zbekistonning energetika mustaqilligi, transport-tranzit koridorlari, savdo hamkorligi, investitsion muhit va raqamli iqtisodiyotga oid xavflar hamda imkoniyatlar tahlil etilgan. Bundan tashqari, geosiyosiy raqobatning kuchayishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy tahdidlar, jumladan, tashqi bosimlar, sanksiyalar xavfi, ta’minot zanjirlari uzilishi va texnologik asoratlanish kabi jarayonlar ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada O‘zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan strategik yo‘nalishlar, xususan, diversifikatsiya, mintaqaviy integratsiya, “yashil energetika”, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va tashqi siyosatda muvozanatni saqlash bo‘yicha takliflar beriladi. Ushbu maqolada O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanishida geosiyosiy omillarining ahamiyati ochib beriladi.
References
Zbigniew Brzezinski — “The Grand Chessboard: American Primacy and Its Geostrategic Imperatives” (1997)
Samuel P. Huntington — “The Clash of Civilizations and the Remaking of World Order” (1996)
Paul Kennedy — “The Rise and Fall of Great Powers” (1987)
Paul Stronski — “Turbulence in Central Asia” (Carnegie Endowment, 2020)
IMF — “Remittances and Economic Stability in Central Asia” (IMF Working Paper, 2023)
World Bank — “Uzbekistan Economic Update” (2023–2024)
International Energy Agency (IEA) — “Central Asia Energy Outlook” (2023)