Archives

  • LinguaConnect: Global Perspectives on Modern Language Education
    2025

    The administration of Azerbaijan State Pedagogical University and Worldly Knowledge LLC cordially invite specialists and students of higher education institutions to participate in the 1st International Scientific and Practical Online Conference “LinguaConnect: Global Perspectives on Modern Language Education”, which will be held on July 25, 2025.

    The main purpose of the conference is to enhance the professional competence of teachers and students, develop their analytical and practical skills, engage in scientific and innovative activities related to the field, and promote the exchange of practical and social research among future specialists.

  • “YUKSALISH STRATEGIYASI: TIL TA‘LIMI SOHASIDA INNOVATSION USULLAR, TEXNOLOGIYALAR VA AMALIYOT” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman
    Vol. 1 No. 1 (2026)

    Bugungi kunda dunyo miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari, ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, ayniqsa, raqamli transformatsiya sharoitida til ta’limining o‘rni va ahamiyati yanada ortib bormoqda. Til — bu faqatgina muloqot vositasi emas, balki  shaxsning tafakkuri, madaniyati, intellektual salohiyati va kasbiy kompetensiyalarini shakllantiruvchi asosiy omillardan biridir. Shu bois til ta’limini zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirish, uning mazmun-mohiyatini yangilash hamda samaradorligini oshirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim tizimi an’anaviy yondashuvlardan bosqichma-bosqich innovatsion modelga o‘tib borayotgan bir paytda til o‘qitish metodikasini ham tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda. Xususan, kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, interaktiv metodlar, muammoli o‘qitish texnologiyalari, loyiha asosida o‘qitish kabi ilg‘or pedagogik yondashuvlar til o‘rgatish jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi til ta’limida mutlaqo yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Masofaviy ta’lim platformalari, mobil ilovalar, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalari, sun’iy intellekt asosidagi o‘qitish vositalari o‘quv jarayonini individuallashtirish, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt yordamida til o‘rganish jarayonini avtomatlashtirish, nutqni tahlil qilish, individual tavsiyalar berish kabi imkoniyatlar til ta’limining yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.

    Mazkur xalqaro anjuman til ta’limi sohasidagi eng dolzarb ilmiy va amaliy masalalarni muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish, innovatsion yondashuvlarni tizimli ravishda tatbiq etish hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platforma hisoblanadi. Anjuman doirasida tilshunoslik va metodika kesishmasidagi zamonaviy tadqiqotlar, raqamli pedagogika, lingvodidaktika, tarjima nazariyasi, ko‘p tillilik, madaniyatlararo kommunikatsiya, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan samarali amaliyotlar keng qamrovda ko‘rib chiqiladi. Bugungi anjumanda ishtirok etayotgan yetakchi mutaxassislar, olimlar va amaliyotchilarning ilmiy ma’ruzalari, taklif va tavsiyalari nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy nuqtaуi nazardan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ilmiy muloqotlar orqali yangi g‘oyalar shakllanadi, mavjud muammolarga innovatsion yechimlar topiladi hamda kelgusidagi ilmiy izlanishlar uchun mustahkam asos yaratiladi.

  • YIL TADQIQOTCHISI – 2025
    2026

    Yil tadqiqotchisi – 2025” tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda 2023-yil 11-sentyabrdagi PF–158-sonli “O‘zbekiston–2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonlarida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.

    Tanlovning asosiy maqsadi — oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlariga mos holda takomillashtirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida mustahkam integratsiyani ta’minlash, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shuningdek, davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish orqali mamlakatimizda innovatsion fikrlashga ega yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

    Shuningdek, tanlov turli ta’lim yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan izlanuvchilar, ilmiy pedagogik xodimlar va yosh olimlarning dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-amaliy ishlanmalarini rag‘batlantirish, ularning erishgan natijalarini ommalashtirish va fan-texnika taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini e’tirof etishni ko‘zda tutadi.

    Mazkur tashabbus doirasida 20 million so‘m miqdoridagi grant jamg‘armasi ajratilgan bo‘lib, u eng faol va istiqbolli tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.