O‘ZBEK DIALEKTOLOGIK RAQAMLI KORPUSI ASOSIDA HUDUDIY LEKSIKANI SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA XARITALASH VA TIL XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
Keywords:
o‘zbek dialektologiyasi, raqamli dialektologik korpus, hududiy leksika, korpus lingvistika, sun’iy intellekt, tabiiy tilni qayta ishlash, dialektal birliklar, geografik lingvistika, til xavfsizligi, raqamli madaniy meros, milliy til resurslari, “O‘zbekiston–2030” strategiyasi.Abstract
Mazkur ilmiy tadqiqot o‘zbek dialektologik lug‘atchiligi va korpus lingvistikasining zamonaviy rivojlanish bosqichida dolzarb bo‘lgan muammolarni hal etishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘zbek tilining hududiy dialektlariga oid leksik birliklarni raqamli muhitda tizimlashtirish, ularni korpus asosida qayta ishlash hamda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida hududiy xaritalashdan iborat. Ishda o‘zbek dialektlarining hozirgi holati, ularning saqlanish darajasi va standart til bilan o‘zaro munosabati ilmiy asosda tahlil qilinadi.
Tadqiqot jarayonida ko‘p manbali dialektologik korpus yaratish, dialektal birliklarni avtomatik aniqlash va tasniflash, shuningdek, ularni geografik axborot tizimlari bilan integratsiyalash metodlari qo‘llaniladi. Natijada o‘zbek tilining hududiy leksik boyligini aks ettiruvchi raqamli dialekt xaritasi va analitik ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Mazkur ilmiy ish natijalari o‘zbek tilining raqamli resurslarini boyitish, milliy til merosini saqlash hamda til xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida belgilangan raqamli transformatsiya, madaniy merosni asrash va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlariga to‘liq mos keladi hamda lingvistika, ta’lim va axborot texnologiyalari sohalari uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
References
Saidov, U. O‘zbekdialektologiyasiasoslari. Toshkent: Fan, 2018, 64-b.
“O‘zbekiston–2030”strategiyasi”. Rasmiydavlathujjati. Toshkent. 2023, 18-b.
Chambers, J.K., Trudgill, P. Dialectology. Cambridge University Press, 2017, pp, 89-117.
Abduvaliyev, A. (2021). Korpuslingvistikasivao‘zbektili. Toshkent: Akademnashr, 92-b.
Rahmatullayev,Sh. (2018). O‘zbekdialektologiyasiasoslari. Toshkent: Fan, 145-b.