ICHIMLIK SUVI SIFATINING GIGIYENIK TAHLILI VA SOG‘LIQNI SAQLASH CHORALARI (SAMARQAND VILOYATI NARPAY TUMANI MISOLIDA)
Keywords:
ichimlik suvi, suv sifati, gigiyena, Narpay tumani, suv resurslari, salomatlik, profilaktika, korrelyatsiya, suv ta’minoti tizimi.Abstract
Ushbu ilmiy tadqiqot ichimlik suvining gigiyenik sifati, uning aholi salomatligiga ta’siri va sanitariya nazoratining samaradorligini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot Samarqand viloyati Narpay tumani misolida olib borilib, suv manbalarining kimyoviy, organoleptik va mikrobiologik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. O‘zMSt 133:2024 milliy standartlariga muvofiq 25 ta suv namunasi tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, suvdagi ftor miqdori 32% namunada gigiyenik me’yordan (1,5 mg/l) ortiq, 24% namunada esa nitrit va ammoniy birikmalari yuqori darajada ekanligi aniqlangan. Shu bilan birga, suv ta’minoti tizimlarining 60 foizdan ortig‘i 20 yildan buyon kapital ta’mir ko‘rmaganligi aniqlangan bo‘lib, bu suv ifloslanishining asosiy texnik sababi sifatida qayd etildi. Tadqiqot natijalari suv sifatining yomonlashuvi nafaqat ekologik, balki ijtimoiy va texnik omillar bilan ham bevosita bog‘liqligini tasdiqlaydi. Ish yakunida ichimlik suvining sifatini yaxshilash bo‘yicha kompleks gigiyenik, texnik va profilaktik tavsiyalar ishlab chiqildi, jumladan, zamonaviy filtrlash tizimlarini joriy etish, suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, real vaqtli monitoring tizimlarini yo‘lga qo‘yish va aholining gigiyenik madaniyatini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Tadqiqot natijalari suv xavfsizligi, jamoat salomatligi va ekologik siyosatni takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Maqolada ichimlik suv sifati bilan bog‘liq kasalliklar tahlili, suv ta’minoti tizimlaridagi texnik nosozliklar, hamda aholining suvdan foydalanish madaniyati o‘rganilgan. Olingan natijalar asosida ichimlik suvi sifatini yaxshilash, aholi salomatligini saqlash va barqaror suv ta’minotini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
World Health Organization (2023). Guidelines for Drinking-water Quality. 5th Edition. Geneva.
Alzubaidi, S. et al. (2022). Health Impact of Drinking Water Quality on the Occurrence of Osteoporosis in Gaza Strip, Palestine. Ethiopian Journal of Health Sciences, 33(8).
Nkrumah, I.K. et al. (2022). Assessing Drinking Water Quality and Health Risks of Contaminants in the Coastal Areas of Cambodia. Journal of Water and Health, 21(2), 224-231.
Khatri, P. et al. (2022). Drinking Water Quality and Health Risk Assessment in Tano North Municipality, Ghana. Journal of Water, Sanitation and Hygiene for Development, 12(2), 157-170.
Rahman, I. et al. (2022). Public Knowledge and Perception of Drinking Water Quality and Its Health Implications: An Example from the Makueni County, Kenya. International Journal of Environmental Research and Public Health, 19(8), 4530.
Yuldasheva, E.A. (2019) Ichimlik suvining gigiyenik holati va uning aholi salomatligiga ta’siri. Toshkent.
Boboyeva, I.O‘. (2023) Suv sifati va epidemiologik xavfsizlik. Toshkent.
Lex.uz. (2020) “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni, 25-sentabr 2020-yil. https://lex.uz/docs/-5017983
Hudud24.uz. (n.d.) Ichimlik suvi sifati bo‘yicha O‘zbekiston xalqaro reytingini yaxshiladi. http://hudud24.uz/ichimlik-suvi-sifati-b%D1%9Eyicha-%D1%9Ezbekiston-hal%D2%9Baro-reytingini-yaxshiladi/