O‘SMIRLARDA LIDERLIK XUSUSIYATLARI NAMOYON BO‘LISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI
Keywords:
O‘smirlik, lider, liderlik, muloqot, tashkilotchilik, o‘z-o‘zini baholash, kommunikatsiya, adekvat baho berish.Abstract
Bugungi kunda har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi, avvalo, ta’lim sifatiga, yoshlarning ilmiy salohiyati va intellektual darajasiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Jahon miqyosida kechayotgan murakkab iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jarayonlar, yosh avlodni faollik, vatanparvarlik va yangiliklarga ochiqlik ruhida tarbiyalash zaruratini kuchaytirmoqda. Buning eng samarali yo‘li- ularning liderlik salohiyatini erta aniqlash va maqsadli rivojlantirishdir. Ayniqsa, o‘smirlarda liderlik xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishi keyingi avlodning barkamol va o‘z fikriga ega shaxs bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ushbu maqolada o‘smirlarda liderlik xususiyatlari namoyon bo‘lishiga ta'sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, ularni tizimli tahlil qilish va amaliyotga tadbiq etish bosh maqsad hisoblanadi. Bundan tashqari o‘smirlarda liderlik yanada shakllanishi uchun bir qator tavsiyalar ham ishlab chiqildi.
References
Krutetskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. T., “O‘qituvchi”, 1976
Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. – T.: “Akademiya”, 2006.241bet.
Hamidov Akmal Amrulloyevich., O‘smir yoshdagi o‘quvchilarda o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishda pedagogik hamkorlikning imkoniyatlari: International scientific-practical conference, November 13, 2023
Taxoxov B.A. Zamonaviy “qiyin o‘smirlar”ning psixologik va pedagogik xususiyatlari // Seriya: Pedagogika, Psixologiya. – Piter: 2018. No 3.
M. Maxsudova. Muloqot psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. — Т.: ‘‘Turon-Iqbol’’ nashriyoti, 2006.— 5-8 b.