TEMURIY SHAHZODALAR OBRAZINING BADIIY TALQINI (SULTON UVAYS BAHODIR MISOLIDA)
Keywords:
Navoiy, Sulton Uvays Bahodir, nasihat, tashbeh, istiora, tazod, talmeh, adolat, soqiynoma, shariat, shoh timsoli.Abstract
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonining 37-bobi asosida Sulton Uvays Bahodir obrazining badiiy talqini tahlil etiladi. Asarda Navoiy tomonidan shahzodaga berilgan pand-nasihatlarning ma’nosi, ularning badiiy va tasavvufiy qatlamlari o‘rganiladi. Tahlil davomida shoirning so‘z tanlovi, tashbeh, istiora, tazod, talmeh kabi san’at vositalaridan foydalanish uslubi ko‘rsatib beriladi. Maqolada shuningdek, Navoiyning shariatga sodiqlik, ota-onaga ehtirom, adolat va xalqparvarlik g‘oyalari markazga qo‘yilgan bo‘lib, Uvays Bahodir timsolida adolatli, ilohiy ma’naviyatga asoslangan shoh idealini yaratish yo‘nalishidagi ijodkor mahorati ochib beriladi.
References
Navoiy, A. To‘la asarlar to‘plami. 7-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2012. – 261 b.
Karimov, B. Alisher Navoiy nasihatlari poetikasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.
Navoiy, A. Devoni Foniy. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron nashri, http://navoi.natlib.uz.
Шайх Абдулазиз Мансур. Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсири. – Тошкент: “Мовароуннаҳр”, 2021. – 624 б.
Qodirova, N. Navoiyda shohlik va adolat timsoli. – “Adabiyot va san’at” jurnali, 2020, №3.
Jo‘rayev, A. Navoiy asarlarida tasavvufiy ramzlar tizimi. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2015.
Aliyeva, M. (2018). Navoiy asarlarida shoh va xalq munosabatlari talqini. O‘zbekiston filologiya jurnali, (4), 61–66.
Rasulov, X. (2017). Navoiy poetikasida badiiy san’atlar tizimi. Toshkent: Fan va texnologiya.
Hojiahmedov, A. (2001). She’r san’atlarini bilasizmi? Toshkent: “Sharq” nashriyoti.
http://navoi.natlib.uz:8101/uz/devoni_foniy_davomi_un_tuqqizinchi_tom/izohlar/