GAZIFIKATSIYA JARAYONIDA GAZNI TOZALASH UCHUN PUFAKLI NAM SKRUBBER TIZIMLARINI QO‘LLASHNI BAHOLASH
Keywords:
pufak, samaradorlik, sintez gaz, nam skrubber, gazni tozalash, qattiq zarrachalarni ajratish.Abstract
Biomassa gazifikatsiyasi jarayonida sintez gaz (syngas) tarkibidan ishqoriy kimyoviy moddalar, qattiq zarrachalar va boshqa aralashmalarni ajratib olish muhim muammolardan biri hisoblanadi. Nam skrubberlar sanoat chiqindi gazlarini atmosfera muhitiga chiqarishdan oldin tozalashda keng qo‘llaniladi. Ko‘pchilik nam skrubberlarda tozalovchi suyuqlik maxsus teshiklar orqali purkaladi yoki haydaladi va tozalanishi lozim bo‘lgan gaz bilan bevosita kontaktga kirishadi. Shu sababli ushbu maqolada sintez gazni tozalovchi suv havzasiga doimiy balandlikda yuborish orqali ishlovchi pufakli nam skrubber tizimiga asoslangan yangi texnologiya taklif etiladi. Bu jarayonda sintez gaz tozalovchi suv bilan bevosita aloqa qilib, gaz va undagi ifloslantiruvchi moddalarni o‘z ichiga olgan pufaklar hosil qiladi va ushbu iflosliklar asosan suv tomonidan yutiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi biomassa gazifikatsiyasida qatron (tar)larni ajratib olish uchun sodda va iqtisodiy jihatdan samarali pufakli skrubber tizimini ishlab chiqish hamda uning samaradorligiga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, 2,6 litr tozalovchi suv yordamida sintez gaz tarkibidagi qattiq zarrachalar va qatronlarni 83,26 % samaradorlik bilan tozalash mumkin.
References
Woolcock, P.J., Brown, R.C. (2013). A review of cleaning technologies for biomass-derived syngas. https://doi.org/10.1016/j.biombioe.2013.02.036
Hasler, P., Nussbaumer, T. (1999). Gas cleaning for IC engine applications from fixed bed biomass gasification. Biomass Bioenergy, 16: 385-95.
https://doi.org/10.1016/S0961-9534(99)00018-5
Balas, M., Lisy, M., Kubicek, J., Pospisil, J. (2014). Syngas Cleaning by Wet Scrubber. WSEAS Transactions on Heat and Mass Transfer, 9(1): 195-204.
DDBSP. (2014). Pure Component Eq.s: Fitting of Pure Component Eq.s. Dortmund Data Bank Software Package, [GR]: Jerman, DDBST Software & Separation Technology GmbH, p7. https://www.ddbst.com/files/files/ddbsp/2020/Documen
Wilkinson, P.M., van Dierendonck, L.L. (1990). Pressure and gas density effects on bubble break-up and gas hold- up in bubble columns. Chemical Engineering Science, 45(8): 2309-2315. https://doi.org/10.1016/0009-2509(90)80110-z
Grace, J.R., Wairegi, T., Brophy, J. (1978). Break-up of drops and bubbles in stagnant media. The Canadian Journal of Chemical Engineering, 56(1): 3-8. https://doi.org/10.1002/cjce.5450560101
Mendelson, H.D. (1967). The prediction of bubble terminal velocities from wave theory. AIChE Journal, 13(2): 250-253. https://doi.org/10.1002/aic.690130213
Xue, J., Al-Dahhan, M., Dudukovic, M.P., Mudde, R.F. (2008). Four-point optical probe for measurement of bubble dynamics: Validation of the technique. https://doi.org/10.1016/j.flowmeasinst.2007.10.004
Hikita, H., Kikukawa, H. (1974). Liquid-phase mixing in bubble columns: Effect of liquid properties. The Chemical Engineering Journal, 8(3): 191-197.https://doi.org/10.1016/0300-9467(74)85024-0
Anabtawi, M.Z, Ibrahim, G.A. (1996). Gas holdup and volumetric liquid-phase mass transfer coefficient in a spout-fluid bed. Journal of Chemical Engineering of Japan, 29(1): 20-24.