TIL VA MADANIYAT O’RTASIDAGI MUNOSABAT

Authors

  • Saidjonova Dildora Mirhabib qizi O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz filologiyasi faculteti 2-bosqich talabasi

Keywords:

Til, madaniyat, lingvomadaniyatshunoslik, madaniy kontekst, dunyoqarash, aloqa vositasi.

Abstract

Mazkur maqolada til va madaniyat o’rtasidagi o’zaro aloqa va bog’liqlik lingvomadaniyatshunoslik sohasi nuqtai nazaridan o’rganiladi.  Tilshunos olimlarning fikrlari asosida til va madaniyatning o’zaro ta’siri, tilning madaniy kontekstdagi roli hamda lingvistik jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, tadqiqot davomida til faqatgina insonlar o’rtasidagi aloqa vositasi emas, balki madaniyatni saqlash va uni avlodlarga yetkazishda ham asosiy omil deb hisoblanishi kengroq yoritib beriladi. Bundan tashqari, til xalqning tarixiy xotirasi, dunyoqarashi, qadriyatlari va milliy o’ziga xosligini aks ettiruvchi ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida ko’rib chiqiladi. Ushbu maqolada til birliklari orqali madaniy ma’no va tushunchalarning shakllanishi, ularning avloddan avlodga uzatilish mexanizmlari yoritiladi. Shu bilan birga, tilning madaniyatni saqlash va rivojlantirishdagi roli, nutq jarayonida madaniy kontekstning ahamiyati misollar orqali asoslab beriladi.  

References

Nuriddinova D. Usmanova K. Til va madaniyat o’rtasidagi munosabatlar: madaniy kontekstning tilshunoslikdagi roli (2025) https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi/issue/view/113

Kibrik A. E. Lingvokulturalogiya: Til va Madaniyat. Moskva. Nauka. 2002

Воробьев В. В. Лингвокультурология. 2008. С-32

Sadullayeva A. N. Til va madaniyatning lingvomadaniy aloqalari. 2023.https://www.researchgate.net/publication/367220713_Til_va_madaniyatning_lingvomadaniy_aloqalari

Published

2026-01-30

Issue

Section

Articles