SAID AHMADNING “UFQ” ROMANIDAGI TURSINBOY OBRAZI BILAN PAK WAN-SONING “TOG‘ CHINDAN HAM O‘SHA YERDA BO‘LGANMI?” ROMANIDAGI AKA OBRAZINING QIYOSIY TAHLILI

Authors

  • Durdona Murodova Filologiya fanlari TDSHU

Keywords:

qiyosiy adabiyotshunoslik, badiiy obraz, urush fojiasi, ruhiy iztirob, ichki qochish, yolg‘iz o‘g‘il, ota vafoti.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek adibi Said Ahmadning “Ufq” romanidagi Tursinboy obrazi hamda koreys yozuvchisi Pak Wan-soning “Tog‘ chindan ham o‘sha yerda bo‘lganmi?” romanidagi aka obrazi qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – turli milliy adabiyotlarda urush va ijtimoiy bosim sharoitida shakllangan erkak obrazlarining umumiy va farqli jihatlarini aniqlashdan iborat. Ilmiy muammo sifatida urush fojiasi sharoitida shaxs ruhiyati, ichki qochish va mas’uliyat motivlarining badiiy talqini tanlangan. Tadqiqotda qiyosiy adabiyotshunoslik, psixologik tahlil va matn interpretatsiyasi metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, Tursinboy obrazida urushdan qochish jamiyat va ota bosimi bilan bog‘liq bo‘lsa, aka obrazida bu holat ota vafoti va yolg‘iz o‘g‘il sifatida shakllangan ruhiy mas’uliyat bilan izohlanadi. Har ikki obraz urushning inson ruhiyatiga ko‘rsatgan salbiy ta’sirini ochib berishda muhim badiiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy adabiyotshunoslikni rivojlantirish va oliy ta’lim jarayonida jahon adabiyoti fanlarini o‘qitishda amaliy ahamiyatga ega.

References

Said Ahmad. (2024). Ufq. Toshkent: Turon Zamin.

Park, W. S. (2009). Was That Mountain Really There? New York: Feminist Press.

Axmedjanova, F. (2024). Said Ahmad “Ufq” trilogiyasining adabiy ahamiyati. Tamaddun Nuri.

Qodirova, A. N. (2024). Tursinboy obrazining ruhiy tahlili. Inlibrary.

Ahmadjonova, S. (2023). Ufq romanida ruhiy o‘sish masalalari. Scientific Journal.

Library of Korean Literature. (2022). Park Wan-so’s war narratives.

London Korean Links. (2021). Park Wan-so and Korean War literature.

Earticle.net. (2023). Korean War fiction analysis.

Comparative Literature Studies. (2022). War and trauma narratives.

World Literature Review. (2021). Psychological realism in post-war novels.

Published

2026-01-30

Issue

Section

Articles