“YOSH PEDAGOGLARNING BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SHOVQIN MUAMMOSINI BOSHQARISH VA TA’LIM JARAYONINI SAMARALI TASHKIL ETISH YONDASHUVLARI”
Keywords:
Boshlang‘ich ta’lim, pedagogik mahorat, gadjetlar va mobil telefonlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), shovqin va tartibsizlik muammosi, innovatsion metodlar,pedagogik innovatsiya, psixologik yondashuvAbstract
Ushbu maqolada yosh pedagoglarning boshlang‘ich sinflarda kuzatiladigan shovqin muammosini samarali boshqarish bo‘yicha qo‘llanilgan yondashuvlar va metodlar ilmiy-amaliy jihatdan tizimli bayon etiladi. Tadqiqot talabalik davridagi pedagogik amaliyot jarayonida kuzatilgan vaziyatlar asosida olib borilib, unda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shovqinini kamaytirish, ta’lim jarayonini barqaror tashkil etish hamda o‘quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan tajribalar chuqur tahlil qilingan. Maqolada yosh pedagoglar tomonidan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan innovatsion metodlar, shuningdek, dars davomida intizomni mustahkamlash va o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar keltirilgan.
Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim bosqichida samarali sinf boshqaruvini yo‘lga qo‘yish hamda pedagogik jarayon sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
Boshlangʻich taʼlim Vikipediya https://uz.wikipedia.org/wiki/Boshlang%CA%BBich_ta%CA%BClim
Abdullayeva B. S. va boshqalar. Umumiy pedagogika: Pedagogik mahorat. Darslik / B. S. Abdullayeva, A. A. Xoliqov, H. M. Sodiqov, Sh. Q. Primov, Sh. R. Zarmasov. – Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”, 2021. – 3-4 va 5-betlar.