ZAMONAVIY TIL TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI: SPORT TERMINOLOGIYASI ORQALI
Keywords:
til ta’limi, yuksalish strategiyasi, sport atamalari, terminologiya, leksik kompetensiya, kommunikativ yondashuv, vazifaga yo‘naltirilgan ta’lim, motivatsiya, lug‘at boyligi, kasbiy til.Abstract
Mazkur maqolada til ta’limi sohasida yuksalish strategiyalarini ishlab chiqish va ularni sport atamalari misolida amaliyotga tatbiq etish masalalari tahlil qilinadi. Til o‘rgatish jarayonida leksik-semantik, kommunikativ va vazifaga yo‘naltirilgan yondashuvlarning ahamiyati ilmiy-nazariy asosda yoritiladi. Sport terminologiyasi til o‘rganuvchilarning motivatsiyasini oshirish, kasbiy leksik kompetensiyasini shakllantirish va real kommunikativ vaziyatlarda til birliklaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish vositasi sifatida talqin etiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sport kontekstiga asoslangan ta’lim strategiyalari o‘quvchilarning lug‘at boyligini kengaytiradi, nutqiy faolligini oshiradi hamda tilni amaliy qo‘llash darajasini yuksaltiradi. Maqolada til ta’limi jarayonini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.
References
Abduazizov Abduaziz (2010). Tilshunoslik nazariyasiga kirish. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.
Mahmudov Nurmon (2012). Til va nutq madaniyati. Toshkent: O‘zbekiston.
Yo‘ldoshev Bositxon (2015). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: Fan nashriyoti.
Safarov, Shavkat (2008). Pragmalingvistika. Toshkent: Fan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (2021). Chet tillarni o‘qitish bo‘yicha davlat ta’lim standarti. Toshkent.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (2020). Sport terminologiyasi va nazariyasi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Toshkent.